AVENIR
YechimlarLoyihalarJarayonAloqa

Bosh sahifa/Loyihalar/VAC.UZ

Loyihalarga qaytishIshlab chiqarish · ERP

Zavod ishini bitta ERP ga yig'dik

VAC.UZ — ventilyatsiya kanallari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Buyurtma qabul qilinishidan tayyor mahsulot jo'natilgunga qadar bo'lgan butun yo'l — arizalar, rejalashtirish, sexlar, OTK stansiyasi, ombor, xarid, moliya va jamoa — 24 ta bo'limdan iborat yagona tizimga yig'ildi.

VAC.UZ ERP boshqaruv paneli: tushum, debitorka, arizalar va grafiklar
24tizim bo'limi
7yo'nalish guruhi
14jamoa akkaunti
1ma'lumot manbai
Vazifa

Nimadan boshladik

Muammo

Har bo'lim o'z daftarida ishlardi

Ishlab chiqarish korxonasida ma'lumot bir nechta joyda yashaydi: arizalar messenjerda, reja qog'ozda, ombor qoldig'i alohida jadvalda, moliya buxgalterda. Natijada oddiy savolga javob topish qiyin bo'ladi.

  • Buyurtma qaysi bosqichda ekanini bilish uchun sexga qo'ng'iroq qilish kerak
  • Ombor qoldig'i va xarid rejasi bir-biriga bog'lanmagan
  • Rahbar oylik hisobotni oy tugagach ko'radi
  • Mijoz bilan yozishmalar shaxsiy akkauntlarda qolib ketadi
Yechim

Bitta tizim, ettita yo'nalish

Korxonaning haqiqiy jarayonini o'rganib, uni tizimga ko'chirdik: har bir bo'lim o'z ekranida ishlaydi, lekin hammasi bitta ma'lumot bazasiga yozadi. Rahbar uchun esa alohida hisobot yig'ish kerak emas — panel o'zi to'ladi.

  • Sotuv, ishlab chiqarish, ta'minot, moliya, kadrlar, xo'jalik va tizim sozlamalari
  • Rollar bo'yicha kirish: har kim faqat o'ziga tegishlisini ko'radi
  • Telegram orqali kelgan murojaat to'g'ridan-to'g'ri CRM ga tushadi
  • Har bir harakat kim va qachon qilgani bilan saqlanadi
Ekranlar

Tizim ichida nima bor

Quyida — haqiqiy tizimning ekranlari. Interfeys rus tilida: kompaniya jamoasi shu tilda ishlaydi.

01

Boshqaruv paneli

Rahbarning birinchi ekrani. Yuqorida — pul: arizalar bo'yicha tushum, to'langan summa, debitorka va kassaga kirim. Pastda — ish: nechta ariza, qancha mahsulot ishlab chiqarildi, nechta jo'natma yo'lda, nechta yangi lid kutmoqda.

  • Davr tanlash: kunlar, haftalar yoki oylar kesimida
  • Kirim-chiqim va foyda grafigi, pul qoldig'i dinamikasi
  • Arizalarning bosqichlar bo'yicha taqsimoti
Boshqaruv paneli: pul va ish ko'rsatkichlari, kirim-chiqim grafigi
02

Vazifalar taxtasi

Kanban-taxta beshta bosqichdan iborat: boshlanishda, jarayonda, muammo bor, tekshiruvda, tayyor. Kartochka sichqoncha bilan ko'chiriladi, har birida taymer yuritiladi, tugagan vazifalar 24 soatdan keyin arxivga o'tadi.

  • «Muammo bor» ustuni — to'siqni yashirmaslik uchun alohida
  • Xodim bo'yicha filtr va nom bo'yicha qidiruv
  • Arxiv alohida yorliqda — taxta toza qoladi
Kanban taxta: besh ustun, taymer, arxiv
03

CRM va Telegram

Mijoz bilan yozishma tizim ichida qoladi. Kompaniyaning Telegram boti va menejerning shaxsiy akkaunti bir joyga ulangan — xodim ishdan ketsa ham murojaatlar tarixi kompaniyada qoladi.

  • Kiruvchi, kanban va arxiv — uchta ko'rinish
  • Kanal bo'yicha filtr va o'qilmaganlar belgisi
  • Kanalsiz lidlarni qo'lda kiritish mumkin
CRM: Telegram orqali mijozlar bilan yozishma, kiruvchi lidlar
04

Jamoa va rollar

Bitta ro'yxatda butun jamoa: kim qaysi rolda, oylik qancha, akkaunt faolmi. Rol shu yerdan almashtiriladi — ishlab chiqarish boshlig'i, OTK, ombor boshlig'i, hisob-kitob buxgalteri, bosh buxgalter, marketolog va boshqalar.

  • Email, ism yoki telefon bo'yicha qidiruv
  • Ishdan bo'shaganlar arxivga o'tadi, ma'lumot yo'qolmaydi
  • Rol kirish huquqini belgilaydi — alohida sozlash kerak emas
Xodimlar ro'yxati: rol, oylik, status
05

Xodim kabineti

Har bir xodimning o'z bo'limi: reyting, bonuslar, oylik va shaxsiy statistika. Yulduzlar tizimi jamoani bir-biri bilan emas, o'zining o'tgan oyi bilan solishtirishga undaydi.

  • Oylik va umumiy davr bo'yicha liderbord
  • Mening bonuslarim, oyligim va statistikam — alohida yorliqlarda
  • Bonus berish va mukofotlar tarixi rahbar uchun
Xodim kabineti: reyting, bonuslar, oylik
Natija

Nima o'zgardi

NatijaBitta manba

Sotuv, ishlab chiqarish va moliya bir xil raqamga qaraydi — jadval nusxalari kerak emas.

NatijaKo'rinadigan jarayon

Buyurtma qaysi bosqichda ekani ekranda turadi, so'rab aniqlash shart emas.

NatijaSaqlanadigan tarix

Mijoz yozishmasi, rol o'zgarishi va har bir harakat tizimda qoladi.