Bosh sahifa/Yechimlar/Telegram bot va mini-app
Mijoz Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi
Katalog, buyurtma, to'lov va operator bilan aloqa — bitta oynada. Mini-app to'liq interfeys beradi, bot esa bildirishnoma va CRM bilan bog'lanishni o'z zimmasiga oladi.
Nimalar kiradi
Bot ssenariysi va menyu tuzilmasi
Mini-app interfeysi
Katalog, savat va buyurtma
Onlayn to'lov va cheklar
CRM va ombor bilan integratsiya
Operatorga uzatish va bildirishnomalar
Mijoz ilova yuklab olmaydi — Telegramda darhol ochadi.
Buyurtma to'g'ridan-to'g'ri CRM ga tushadi, omborga zayavka ketadi.
Payme va Click bevosita suhbat ichida ishlaydi.
Loyihalardan ekranlar
G'oyadan ishga tushirishgacha
Chuqur audit
Jarayonni ichidan o'rganamiz va aniq talablar ro'yxatini yig'amiz.
Prototip
Ekranlar va ssenariylarni ishga tushirishdan oldin kelishib olamiz.
Bosqichma-bosqich ishga tushirish
Har 2 haftada ishlaydigan qism topshiriladi — natijani darhol ko'rasiz.
Qo'llab-quvvatlash
Ishga tushgandan keyin ham monitoring, yangilanish va rivojlantirish.
Sotuv, ombor va moliya — bitta tizimda
Batafsil →AI botlarBuyruqni tushunadigan yordamchi
Batafsil →Veb saytlarIshonch uyg'otadigan va sotadigan sayt
Batafsil →Mobil ilovalarAndroid va iOS uchun barqaror ilova
Batafsil →Loyihani muhokama qilamiz
Brif to'ldirish shart emas — qisqacha yozing, qolganini savol berib aniqlaymiz.

